Jim Kerri endi Rossiyaga kela olmaydi - TIV 100 nafar Kanada fuqarosiga sanksiya joriy qildi

© Foto : New Line Cinema (1994)Kadr iz filma "Maska"
Kadr iz filma Maska - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, sanksiyalar Jastin Trudo rejimi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar amaliyotiga javoban kiritilmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Moskva Kanadaning 100 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritib, aktor Jim Kerri va ukrainalik millatchi Stepan Banderaning nabirasiga ham mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, sanksiyalar “bosh vazir Jastin Trudo rejimi tomonidan Rossiya rahbariyati, siyosatchilar va parlament a’zolari, biznes vakillari, ekspertlar va jurnalistlar, madaniyat arboblari va boshqalarga joriy etilgan sanksiyalar amaliyotiga javoban kiritilmoqda.
Vazirlik doimiy ravishda Rossiyaning “stop-listi”ga kiritilgan 100 ta ism ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida aktor Jim Kerri, jurnalist, Stepan Banderaning nabirasi Stefan Bandera va kinoaktrisa Ketrin Vinnik bor.
Yangiliklar lentasi
0