Si Szinpin oziq-ovqat va energetika muammolarini siyosiylashtirishni bas qilishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPredsedatel KNR Si Szinpin
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat va energetika masalalarini siyosiylashtirish va qurollantirishga qat’iy qarshi chiqish, bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish zarur, dedi u.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin seshanba kuni G20 sammitida so‘zlagan nutqida oziq-ovqat va energetika muammolarini siyosiylashtirish va qurollantirishga qarshi turishga, bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga va tegishli ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.
15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida G20 sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
“Oziq-ovqat va energetika xavfsizligi global taraqqiyotning eng dolzarb muammolaridir. Hozirgi inqirozning asosiy sababi ishlab chiqarish va talab sohasidagi muammolar emas, balki yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq muammolar va xalqaro hamkorlikning uzilishidir”, dedi Si Szinpin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muammolarning yechimini barcha mamlakatlarning bozor nazorati sohasidagi hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, asosiy tovarlar bo‘yicha sheriklik aloqalarini o‘rnatish, ochiq, barqaror tovar bozorini yaratish, ta’minot zanjiri va bozor narxlarini barqarorlashtirish uchun birgalikda ishlash orqali topish mumkin.
“Oziq-ovqat va energetika masalalarini siyosiylashtirish va qurollantirishga qat’iy qarshi chiqish, bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish va tegishli ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi cheklovlarni bekor qilish zarur”, dedi u.
Shu bilan birga, Si Szinpin qazib olinadigan energiya iste’molini kamaytirish va toza energiya manbalariga o‘tish jarayonida bu o‘tish iqtisodiyot va odamlarning moddiy turmush sharoitiga ta’sir qilmasligi uchun barcha omillarni hisobga olish kerakligini aytdi
Yangiliklar lentasi
0