Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© Tashqi ishlar vazirligiTashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Sardor Umurzoqov prezidentining PQ-420-son qarori bilan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Furqat Sidiqovni tanishtirdi. Sidiqov bungacha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Yig‘ilishda prezidentining PQ-421-son qaroriiga muvofiq Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Bahrom A’loyev ham tanishtirildi. A’loyev bungacha O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.
© Tashqi ishlar vazirligiTashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov
Ma’lumot uchun, Furqat Sidiqov 1971-yil Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. U 1993−1995 yillarda UzDaewoo Electronics QKda bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida attashe, ushbu elchixonaning birinchi kotibi, O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan.
© Tashqi ishlar vazirligiTashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aloyev
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aloyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aloyev
Bahromjon Aloyev O‘zbekistonning Quvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan. U 2008−2012 yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida, shuningdek Tashqi ishlar vazirligida o‘z faoliyatini olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0