Toshkent viloyati hokimi senator bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZoyir Mirzayev
Zoyir Mirzayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Zoyir Mirzayev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Olmaliq shahri “Metallurg” madaniyat markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Senatida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov o‘tkazildi.

“Saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Sanoq komissiyasi tomonidan e’lon qilingan natijaga ko‘ra, viloyat hokimi Senat a’zoligiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, 220-sentabr kuni Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev rasman viloyat hokimi etib tasdiqlangan edi.
Zoyir Mirzayev 1968-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003-yil Jomboy tumanidan boshlagan. 2008-2010 yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010-2016 yillarda esa Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan. 2019-yilning oktabr oyidan boshlab, 2021-yilning noyabr oyiga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0