Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 16-noyabrning asosiy voqealari

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRabota podrazdeleniy VDV v xode spetsoperatsii
Rabota podrazdeleniy VDV v xode spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari Polsha hududiga qulab tushgan raketa qoldiqlari Ukrainaning S-300 tizimiga tegishli ekanini ta’kidlashdi.
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaga doir 16-noyabrning asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Rossiya harbiy dengiz kuchlari tomonidan 15-noyabr kuni uzoq masofaga berilgan yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari belgilangan nishonlarga tegdi. Barcha zarbalar faqat Ukraina hududidagi nishonlarga berilgan.
Polshaning Prjevoduv qishlog‘ida 15-noyabr kuni kechqurun qulab tushgan raketa qoldiqlari rossiyalik mutaxassislar tomonidan Ukraina havo kuchlarining S-300 raketasining elementlari sifatida aniqlangan.
Kupansk yo‘nalishida, Xarkov viloyatining Berestovoe, Kolesnikovka, aholi puntlari yaqinida Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukraina QK 14 va 92 mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta taktik guruhlarining hujumlari qaytarildi. LXRning Novoselovskoe aholi punkti yaqinida Ukrainaning 80 dan ortiq askari, oltita tanki, sakkizta BMPsi ikkita zirhli mashina va uchta o‘ziyurar artilleriya to‘plari yo‘q qilindi.
Krasno-Limansk yo‘nalishida LXRning Kolomiychixa aholi punkti yo‘nalishida UQKning ikki hujumi qaytarildi. Murakkab janglar natijasida dushman 100 dan ortiq harbiy xizmatchisini (yo‘qolgan va yaralangan), ikkita tanki va to‘rtta zirhli jangovar texnikasini yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida Kurdumovka, Avdeyevka, Staromixaylovka va Georgiyevka aholi punktlari hududlarida UQK qarshi hujumlar yordamida Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatishga urinib ko‘rdi. Artilleriya zarbalari va hujumchi guruhlarning hal qiluvchi harakatlari bilan dushman tarqatib yuborildi. Dushman yo‘qotishlari 160 dan ortiq harbiylar, uchta tank, beshta zirhli jangovar mashina, bir pikap va o‘q-dorilari bo‘lgan ikkita mashina bo‘ldi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Stepnoe aholi punkti yaqinida Ukraina QK batalon taktik guruhining hujumini to‘xtatdi. Kuchli o‘t bilan dushman dastlabki pozitsiyalariga qaytarildi. UQKning 65 dan ortiq harbiylari va yollanma askari, ikkita BMP, beshta zirhli mashina va uchta boshqa harbiy texnika yo‘q qilindi.
Operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va hamda artilleriya
Xarkov viloyatining Kraxmalnoe, Berestovoe, Stelmaxivka, Lugansk Xalq Respublikasining Sadovoe, Taginka, Xerson viloyatining Zmiyevka, Donetsk Xalq Respublikasining Kirovo aholi punktlari hududlarida joylashgan Ukraina QKning yettita qo‘mondonlik punktlariga, 185ta joylashuv nuqtalariga va 94 ta artilleriya birligiga zarba berdi. , , shuningdek, 185 tumanda otishma pozitsiyalarida, ishchi kuchi va harbiy texnikada .
LXRning Novoyegorovka aholi punkti yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radar yo‘q qilindi. Zaporoje viloyatining Orexov aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Xarkov viloyati, Kolesnikovka aholi punkti hududidagi batareyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Mylovoe qishlog‘i yaqinida Ukrainaning "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, Lugansk Xalq Respublikasining Artemovka qishlog‘i yaqinida esa Ukrainaning "Grad" ko‘p raketali jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi Zaporoje viloyati Novoselivka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Xerson viloyatining Rayskoe, DXRning Petrivske va LXRning Krasnorechenskoe aholi punktlari hududlarida havo hujumidan mudofaa vositalari yordamida uchta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Xerson viloyatining Kalanchak va Novonikolayevka aholi punktlari hududlarida HIMARS va "Uragan" raketa tizimlarining 11 ta snaradlari tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukrainaning jami 333 ta samolyoti, 177 ta vertoloti, 2514 ta uchuvchisiz uchish apparati, 388 ta zenit-raketa kompleksi, 6644 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 892 ta ko‘p raketali tizimlari, 3587 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7240 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0