Afrosiyob poyezdlarining ayrim qatnovlari vaqtincha to‘xtatiladi

© Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediyaSkorostnoy poyezd "Afrosiyeb"
Skorostnoy poyezd Afrosiyeb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Afrosiyob poyezdlarining ayrim qatnovlari vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Alatun—Neguz” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Shu sabab qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Unga ko‘ra, 21 va 25-noyabr kunlari 760-sonli “Toshkent—Qarshi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.
Shu kunlari 759-sonli “Qarshi—Toshkent” elektropoyezdi Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.
"Ular Qarshi vokzaligacha harakatlanmaydi", deyiladi xabarda.
25 noyabr kuni 780/779-sonli “Toshkent—Qarshi—Toshkent” elektropoyezdi bir reysga qatnovi to‘xtatiladi.
25 noyabr kuni 4-sonli “Toshkent—Qarshi” poyezdi Toshkent bekatidan bir reysga, 26-noyabr kuni 3-sonli “Qarshi—Toshkent” poyezdi Qarshi bekatidan bir reysga qatnov amalga oshirilmaydi.
24—25 noyabr kuni 80-sonli Toshkent—Termiz poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25—26 noyabr kuni 79-sonli Termiz—Toshkent poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0