Don bitimi 120 kunga uzaytiriladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix, arxivnoe foto
Uborka urojaya zernovix, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
19 noyabrda tugashi kerak bo‘lgan Oziq-ovqat bo‘yicha kelishuv 120 kunga uzaytirildi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Oziq-ovqat bo‘yicha kelishuv ishtirokchilari uni 120 kunga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga muzokaralardan xabardor Istanbuldagi manba ma’lum qildi.
Yakuniy qaror qabul qilinganmi, degan savolga agentlik suhbatdoshi “Ha, kelishdik”, deb javob bergan.
Shartnoma muddati 19-noyabrda tugashi kerak edi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya o‘g‘itlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bog‘liq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Sentabr oyida Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Ukraina donining ko‘p qismi muhtoj mamlakatlarga emas, balki G‘arbga ketadi. Shu bilan birga, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ta’kidlaganidek, oziq-ovqat mahsuloti bo‘yicha kelishuvning Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish bilan bog‘liq qismi ishlamayapti.
Yangiliklar lentasi
0