Madaniyat

Moskvada oʻzbekistonlik talabalarning qisqa metrajli filmlari namoyish etildi

© Kinematografiya agentligi"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada 42 Xalqaro BDKI talabalar festivali boʻlib oʻtmoqda.
TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Moskvada oʻzbekistonlik talabalarning qisqa metrajli filmlari namoyish etildi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan 42 Xalqaro Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) talabalar festivali doirasida “BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi boʻlib oʻtmoqda.
© Kinematografiya agentligi"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2022
"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi maxsus kechasining ochilishida kirish soʻzi bilan Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va BDKI rektori Vladimir Malyshev soʻzga chiqdi.
Ular ikki davlat oʻrtasidagi kinematografiya sohasini rivojlantirish va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtishdi.
Mazkur tadbirlar davomida oʻzbekistonlik talabalar Timur Murodovning “Kasseta”, Feruz Bahodirovning “Uy”, Nurillo Narzullayevning “Yaxshi niyat Mohagul” va Gʻayrat Moʻminovning “Bitiruvchilar” qisqa metrajli filmlari namoyish etildi.
© Kinematografiya agentligi"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2022
"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
Yangiliklar lentasi
0