“Ayollar daftari”ga kiritilgan boshpanasizlarga ijtimoiy uy beriladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPerviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Perviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida yashovchi boshpanasiz, og‘ir sharoitda yashayotgan xotin-qizlarga Toshkent viloyatidan uylar ajratiladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. “Ayollar daftari”ga kiritilgan boshpanasizlarga ijtimoiy uy beriladi. Bu haqida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yetmish uchinchi cyessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada deputatlar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Lola Boynazarovaning “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, boshpanasiz, og‘ir sharoitda yashayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani “Bordomko‘l” MFYda barpo etilgan ko‘p qavatli uylardan 29 ta xonadon Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tuman hokimliklari qoshidagi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan sotib olingan.
Xonadonlar ijtimoiy uy sifatida tuman hokimliklari balansiga o‘tkaziladi. Ularni 5-yil muddatga “Ayollar daftari”ga kiritilgan boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga ajratilishi ko‘zda tutilgan.
“Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga 57 ming 042 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Hozirgi kunda ularning 56 ming 114 nafariga, ya’ni qariyb 98,4 foiziga moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Umuman jami “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 52 mlrd 308 mln so‘m mablag‘ turli maqsadlar uchun yo‘naltirilgan.
Yangiliklar lentasi
0