Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

MAGATEning Kiyevga ta’sir o‘tkazish uchun vositalari kam – Karchaa

© Sputnik / Aleksey StefanovPoseshenie ZAES missiyey MAGATE
Poseshenie ZAES missiyey MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
“Rosenergoatom” rasmiysi MAGATEning Ukrainaga ta’sir etish imkoniyati cheklanganini aytdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligida (MAGATE) Zaporojye atom elektr stansiyasiga hujum qilayotgan Kiyevga ta’sir o‘tkazish uchun vositalar yetarli emas. Bu haqda “Rossiya 24” telekanali efirida “Rosenergoatom” (“Rosatom” tarkibiga kiradi) bosh direktori maslahatchisi Renat Karchaa ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Bir tomondan, MAGATE xolis yondashishi kerak – bu yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro institut. Boshqa tomondan, MAGATE xalqaro institut sifatida, BMT qoshidagi tashkilot maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, ancha cheklangan vositalar to‘plamiga ega. Va, afsuski, men biz ta’sir deb ataydigan narsaning samaradorligi xali juda past darajada ekanligini ko‘rapman”, - deydi Karchaa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye AES bo‘yicha u yoki bu voqeani turlicha baholash mumkin, “biroq mohiyat o‘zgarishsiz qolyapti, muloqotdan nariga, afsuski, o‘tilmayapti, jumladan MAGATE darajasida ham.
U Zaporojye AES o‘qqa tutilishini to‘xtatish uchun “aniq, qattiq, yuridik majburiyat yuklovchi” choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari shanba va yakshanba kuni ertalab Zaporojye AES hududiga, shuningdek, stansiyani ta’minlovchi elektr uzatish liniyasiga qarata 20 dan ortiq yirik kalibrli artilleriya snaradlarini otgani haqida xabar bergan edi. ZAES hududida radiatsiyaviy vaziyat normalligicha qolmoqda.
MAGATE rahbari Rafael Grossi stansiya atrofidagi vaziyatni “jiddiy” deb baholadi va vaziyat imkon bersa, mutaxassislar dushanbadagi hujum talafotlariga baho berishini ma’lum qildi.
Poseshenie ZAES missiyey MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina ZAESning strategik obyektlarini o‘qqa tutdi
Yangiliklar lentasi
0