Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 20-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUnichtojennaya voyennaya texnika Voorujennix sil Ukraini v Xersonskoy oblasti
Unichtojennaya voyennaya texnika Voorujennix sil Ukraini v Xersonskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya QK dushman to‘plangan hududlarga oldindan zarba berish natijasida raqib hujumlarining oldi olinmoqda. O‘tgan sutka davomida 3 ta HIMARS reaktiv tizimi va 4ta M777 to‘plari yo‘q qilindi
TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus operatsiyaga doir 20-noyabrning asosiy xabarlari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

U️kraina qo‘shinlari 19 va 20-noyabr kunlari Zaporoje atom elektr stansiyasini o‘qqa tutdi. AES hududiga va uni ta’minlab turadigan elektr liniyasiga 20 dan ortiq yirik kalibrli artilleriya snaradlari kelib tushdi;
ZAES hududida radiatsion vaziyat barqarorligicha qolmoqda, o‘qqa tutilishi natijasida yetkazilgan zarar oqibatlari MAGATE va Rosatom mutaxassislari tomonidan o‘rganilganidan so‘ng oydinlashtiriladi;
Kupansk yo‘nalishida dushman faol harakatlar amalga oshirmadi. Ukraina QK to‘plangan hudadlar aniqlanganda og‘ir artilleriya tizimlaridan o‘qqa tutildi. Shu tariqa Xarkov viloyatining Tabayevka, Kislovka, Berestovoe aholi punktlari va LXRning Novoselovskoe aholi punkti yaqinida 20 gacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta BTR va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida LXRning Makeyevka, Chervonopopovka va Kremennaya aholi punktlari yaqinida Rossiya artilleriyasi, aviatsiyasi yordamida dushmanning uchta rota-taktik guruhlari hujumi barbod qilindi. LXRning Kolomiychixa aholi punktida hujumga o‘tgan dushman rotasi to‘xtatildi. Jangda 30 ga yaqin ukraina askarlari va yollanmalar yo‘q qilindi, shuningdek uchta zirhli mshainasi va beshta pikap.
Janubiy-Donetsk yo‘nalishida Slavnoe, Pavlovka, Rovnopol va Vremevka aholi punktlari yaqinida Rossiya Qurolli kuchlarining jangovar hamkaitlari natijasida dushmanning hujumi to‘xtatildi. UQK yo‘qotishlari 50 nafar askar, ikkita MTLB, ikkita zirhli avtomobil va uch pikap bo‘ldi.
Aviatsiya va raketa qo‘shinlari Xerson viloyatidagi Veseloe aholi punktida joylashgan Ukraina QK boshqaruv punktini yo‘q qildi hamda 52ta artilleriya qurollari pozitsiyasiga zarbalar berdi.
DXRning Kramatorsk aholi punkti yaqinida raketa zarbalari yordamida Amerikada ishlab chiqilgan ikkita HIMARS raketa tizimilari yo‘q qilindi.
Batareyaga qarshi kurash jangida UQKning 40-armiyasining artilleriya divizioniga zarba berildi. Xarkov viloyatining Volchansk va Gatishe ahoi punktlari yaqinida AQShda ishlab chiqilgan 4ta M777 artilleriya zambaragi va o‘ndan ortiq Ukraina harbiylari yo‘q qilindi.
Havo mudofaa tizimlari yordamida sutka davomida DXR hamda Xerson viloyati osmonida 6ta uchuvchisiz apparatlar, hamda "Olxa" reaktiv tizimining 2ta snaradi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlarining jami yo‘q qilingan qurollari: 333 samolyot, 177 vertolot, 2538 uchuvchisiz uchish apparati, 388 zenit-raketa tizimi, 6729ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 899ta raketa tizimlari, 3604 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7293 dona maxsus harbiy mashinalar.
Yangiliklar lentasi
0