Toshkentning 10 ta markaziy ko‘chasidagi pulli to‘xtash joylari qanday bo‘ladi – foto

© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi TashkentaNa desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chasida yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylari tashkil etilmoqda. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun “parkovka” bepul bo‘lishi aytilmoqda.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi shaharning 10 ta markaziy ko‘chasidagi yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini qanday tashkil etilishini ko‘rsatdi.
Joriy yilda avtomobillarning 2251 pulli to‘xtash joyi tashkil etilishi kutilmoqda. Buning uchun 57 ta parkomat o‘rnatiladi. 2 ta parkon va 2 evakuator xarid qilinadi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, quyidagi ko‘chalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini tashkil etish belgilangan:
1.
Glinka ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasiga qadar) - to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta.
2.
Bratislava ko‘chasi (Shota Rustaveli ko‘chasidan Bobur ko‘chasiga qadar) – to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta.
3.
Mirobod ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasiga qadar) – to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta.
4.
Avliyoota ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Mirobod ko‘chasiga qadar) – to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta.
5.
Taras Shevchenko ko‘chasi (Turkiston ko‘chasidan Buxoro ko‘chasiga qadar) – to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
6.
Said Baraka ko‘chasi (Oybek ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga qadar) - to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
7.
Moshtabib ko‘chasi (Amir Temur ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga qadar) - to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta.
8.
Fidokor ko‘chasi (Oybek ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar) - to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta.
9.
Sodiq Azimov ko‘chasi (Amir Temur ko‘chasidan O‘zbekiston ovozi ko‘chasiga qadar) - to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta.
10.
Yakub Kolas ko‘chasi (Amir Temur ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasiga qadar) - Yakub Kolas ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.
Ta’kidlanishicha, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanish bepul etib belgilash rejalashtirilgan.
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Press-slujba Glavnogo upravleniya transporta i dorojno-transportnoy infrastrukturi Tashkenta
Na desati sentralnix ulitsax Tashkenta organizuyut platnie parkovki - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Loyihani amalga oshirish jarayonida ushbu tizimni yo‘lga qo‘ygan bir qancha mamlakatlar, jumladan, Rossiya tajribasi tahlil qilingan.
Pulli to‘xtash joylarini joriy etishning afzalliklari quyidagilardan iboratligi ma’lum qilingan:
- to‘xtash joylarini topishning osonlashishi;
- pulli to‘xtash joylari xududlarida bo‘sh joylarning mavjudligi;
- avtomobil to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan ko‘chalarida avtortansport vositasining aylanma harakati jadallashishi;
- avtomobilda shahar markazida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga borish vaqtining kamayishi;
- to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklari kamligi sababli harakat tezligi oshadi;
- jamoat transportidan foydalanish jozibadorligining oshishi;
- piyodalar uchun qulayliklar yaratilishi.
Parkovka dlya invalidov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Toshkentda pullik to‘xtash joylari va avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0