O‘zbekistonga mashina import qilish ko‘paydi

© worldcarawardsNominanti konkursa "Avtomobil goda 2021"
Nominanti konkursa Avtomobil goda 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning 10 oyida O‘zbekistonga umumiy qiymati 600 mln dollardan ortiq yengil avtomobillar import qilingan.
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 635,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 048 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 896 taga oshgan.
2022 yilning 10 oyida O‘zbekistonga 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilingan. 10 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 9332 ta;
Koreya – 7600 ta;
Qozog‘iston – 5717 ta;
Rossiya – 1443 ta;
AQSh – 475 ta;
BAA – 127 ta;
Yaponiya – 122 ta;
Germaniya – 111 ta.
Shuningdek, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0