Rossiya Turkiyani Suriyada vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

© Sputnik / Mikhail Alaeddin / Mediabankka o‘tishRazrushennaya voyennaya texnika siriyskoy armii i doma v rayone Sarakeb provinsii Idlib v Sirii
Razrushennaya voyennaya texnika siriyskoy armii i doma v rayone Sarakeb provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Istanbulda uyushtirilgan terakdan so‘ng, Turkiya Suriya shimoli va Iroqda qurdlar yashaydigan hududlarga zarbalar bergan edi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Moskva Suriya hududiga berilgan zarbalar munosabati bilan Anqarani vazminlikka chaqiradi, keskinlikning kuchayishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, dedi Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Biz turkiyalik hamkasblarimizni Suriyaning nafaqat shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida, balki butun mamlakatda keskinlik kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’lum vazminlikka chaqiramiz”, - dedi Lavrentyev Ostonada Suriyadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarning 19-raundi boshlanishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada barcha manfaatdor tomonlar bilan ishlash davom ettirilishi va “kurd muammosi”ni tinch yo‘l bilan hal etishga harakat qilish kerak.
Lavrentyev Turkiya Suriya va Iroqdagi havo operatsiyasi haqida Rossiya Federatsiyasini oldindan xabardor qilmaganini, bu masala Suriya bo‘yicha Ostonadagi uchrashuvda muhokama qilinishini ta’kidladi.
“Biz turkiyalik hamkorlarimizni Suriya hududida haddan tashqari kuch ishlatishdan tiyilishga ishontira olishimizga umid qilamiz”, - deydi Rossiya prezidentining maxsus vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyaning Suriya va Iroqqa zarbalariga 13-noyabr kuni Istanbulda sodir etilgan terakt sabab bo‘ldi. Hujumda gumonlanuvchi qo‘lga olindi, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqasi borligini tan oldi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maxsus vakili, shuningdek, yil boshidan beri Moskva Anqaraning mumkin bo‘lgan quruqlikdagi operatsiyasi haqidagi bayonotlari nuqtayi nazaridan Turkiyaning Suriyadagi quruqlikdagi operatsiyasini oldini olish uchun hamma narsani qilganini va buning uddasidan chiqqanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Anqara yakshanba kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi joylashgan hududlarga hamda Iroqdagi Kobani shahriga ham zarbalar bergan edi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an operatsiyani muvaffaqiyatli deb atadi va uning ortidan quruqlikdagi operatsiya o‘tkazilishini ham istisno qilmadi. Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar seshanbaga o‘tar kechasi Suriya va Iroqdagi “Panja-qilich” amaliyotida ikki kun ichida 184 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyaning chegara hududida kurd tuzilmalariga qarshi amaliyotlar olib borayotgan turk qo‘shinlarining mavjudligi Damashq bir necha bor noqonuniy deb hisoblab, Anqarani o‘z kontingentini olib chiqishga chaqirgan.
Aytish joizki, Kurdiston o‘z o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalari “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) AQSh harbiylari ko‘magida asosini Suriyaning Al-Hasaka va Raqqa viloyatlarining aksar qismini hamda Halab va Dayr-az-Zor viloyatlaridagi ayrim aholi punktlarini nazorat qiladi. Jumladan, Al-Hasaka va Qamishli shaharlarida. Rasmiy Damashq Suriya shimoli-sharqidagi muxtoriyat boshqaruvini tan olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0