Siyosat

“Oʻzbekkosmos”ga qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. “Oʻzbekkosmos” agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatish moʻljallanmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar taqdimotida maʼlum qilindi.

“Bular – kosmik suratlarni tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, bu jarayonda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash kabilardir”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Mirziyoyev bu chora-tadbirlarning natijadorligi qanday boʻlishini soʻradi.
Taʼkidlanishicha, bu tarmoq rivoji qishloq va suv xoʻjaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya kabi koʻplab sohalarda qoʻl keladi.
Masalan, ekinlarning turi va maydoni, yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy chiqindi joylari paydo boʻlishini aniqlash darajasi 95 foizgacha yetadi. Suv inshootlari, yer qaʼri va foydali qazilmalar muhofazasi ham yanada kuchayadi.
Prezident bu takliflarni maʼqullab, tegishli hujjatlarni qabul qilishga koʻrsatma berdi.
Prezidentning 2019 yil 30 avgustdagi farmoniga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida "Oʻzbekkosmos" agentligi tashkil etilgan. Keyin davlat rahbari koʻrsatmasiga muvofiq, kosmik tarmoqni rivojlantirishning 5 yillik kontseptsiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi. Ularda yerni masofadan zondlash, telekommunikatsiya sunʼiy yoʻldoshlari milliy guruhini yaratish, ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, aerokosmik startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadlar belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0