Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya BMTning rus harbiylari otib tashlanganiga munosabatini tanqid qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mariya Zaxarova BMT voqealarga munosabat bildirishda bir qarorga kelishi kerakligini taʼkidlamoqda.
TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari Donbassda rossiyalik harbiylarning qatl etilishi bilan bogʻliq vaziyatda “faktlarga baho berishdan qochib, umumiy iboralar orqasiga yashirinmoqda”. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Menimcha, BMT Kotibiyati vakillari qaror qabul qilishlari kerak: yo bir marta “barcha yomonlikka qarshi yaxshilik tarafdori” ekanliklarini eʼlon qilishlari kerak; yoki turli hodisalarni baholashga oʻzlarining funktsional majburiyatlari va vakolatlariga muvofiq xolis, obʼyektiv yondashishni boshlashlari kerak”, - deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Shu tariqa, Rossiya TIV vakili BMTning harbiy xizmatchilarning qirgʻin qilinishi aks etgan videorolik eʼlon qilinishiga munosabatini izohladi. BMTda hodisaga munosabat bildirib, “inson huquqlarining har qanday buzilishidan xavotirda” ekanliklari aytilgandi.
Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, “Buchadagi voqealar yuzasidan ular batafsil, aniq va faolroq boʻlishgandi”.
Avvalroq Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari taslim boʻlgan oʻn nafar rossiyalik askarni qasddan oʻldirganini maʼlum qilgandi.
18 noyabr kuni internetda rus askarlarini otib tashlash jarayoni aks etgan video paydo boʻldi. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi (IHK) raisi Valeriy Fadeyevning soʻzlariga koʻra, bu voqea LXRning Makeyevka qishlogʻida sodir boʻlgan. U voqeani “kishining jigʻiga tegadigan namoyishkorona jinoyat” deb atadi va xalqaro tergov oʻtkazilishini talab qilishini aytdi. IHK videoni BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, YEXHT, Yevropa Kengashi, Amnesty International, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi va boshqa tashkilotlarga yuboradi.
Keyinroq Rossiya Tergov qoʻmitasi asirga olingan rossiyalik harbiylarning Ukraina vakillari tomonidan ommaviy qatl etilishi fakti boʻyicha jinoiy ish ochdi.
Yangiliklar lentasi
0