Xivada "Chegara bilmas sayyohlik" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Forumda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari kompaniyalari ishtirok etadi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. 29-noyabr kuni Xivada “Chegara bilmas sayyohlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.
Forumda turizm sohasidagi mahalliy tadbirkorlik subyektlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirok etishadi.
Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad – ichki turizmni sezilarli darajada rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqish, turizm sohasida ilmiy-texnikaviy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishdir.
Eslatib o‘tamiz, 1-3 noyabr kunlari O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tdi. Haftalik tadbirlari Samarqanda, Buxoro, Xorazm va Toshkentda o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0