FIFA Germaniya jamoasini norozilik namoyishi uchun jazolamaydi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishIgroki sbornoy Germanii pered nachalom matcha gruppovogo etapa chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Germanii i Yaponii.
Igroki sbornoy Germanii pered nachalom matcha gruppovogo etapa chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Germanii i Yaponii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘yin oldidan Germaniya futbolchilari og‘izlarini yopib, FIFAning ayrim ta’qiqlariga nisbatan norozilik bildirgandi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya terma jamoasi bilan o‘yin oldidan norozilik bildirgani uchun Germaniya terma jamoasiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llamaydi. Bu haqda RIA Novosti jurnalist Rob Xarrisga asoslanib, xabar berdi.
23 noyabr kuni Germaniya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi “E” guruhi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va o‘yin 2:1 hisobida yaponiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. O‘yin boshlanishidan oldin jamoaviy suratga tushgan futbolchilar FIFA inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘yin vaqtida One Love sardorlik bog‘ichlarini taqishni taqiqlaganiga javoban og‘izlarini qo‘llari bilan yopishgan.
Dushanba kuni “Associated Press” agentligi Yevropaning yetti terma jamoasi sardorlari, jumladan, angliyalik Garri Keyn FIFA o‘yinchilarni sariq kartochkalar bilan jazolashi haqida ogohlantirgach, qo‘llariga One Love bog‘ichini taqish rejalaridan voz kechgani haqida xabar berdi. “Bild” nashrining xabar berishicha, Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) FIFAning harakatlari ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0