Jamiyat

Moliya vaziri amaldagi byudjet xarajatlarini oshirishni soʻradi

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kelgusi yilda Davlat byudjetining taqchilligi 3 foizdan 4 foizga oshadi va qator vazirliklarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini maʼqulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyi palata yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlar haqida maʼlumot berdi. U ayrim birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari kesimidagi tegishli vazirlik va tashkilotlar roʻyxati va mablagʻ hajmini ochiqladi.
1. Xalq taʼlimi vazirligiga qoʻshimcha 922 mlrd soʻm ajratiladi:
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash uchun — 106 mlrd soʻm;
maktab oʻquvchilarining darslik ijara xarajatlarini byudjetdan qoplash uchun — 400 mlrd soʻm;
oʻz fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga yoki chet tili sertifikatiga ega oʻqituvchilarga 50 foiz ustama haqi toʻlab berish uchun — 77 mlrd soʻm yoʻnaltirilishi koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, vazir qator vazirlik va idoralarga quyidagi miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilayotganini maʼlum qildi:
Maktabgacha taʼlim vazirligiga yil boshida tasdiqlangan mablagʻlarga qoʻshimcha – 500 mlrd soʻm;
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga qoʻshimcha – 160 mlrd soʻm;
3. Sogʻliqni saqlash vazirligiga qoʻshimcha – 2,4 trln soʻm;
4. Madaniyat vazirligiga qoʻshimcha – 96 mlrd soʻm,
5. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga – 538 mlrd soʻm;
6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga – 311 mlrd soʻm;
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining yil boshidagi xarajatlariga qoʻshimcha 26 mlrd soʻm.
Vazir bundan tashqari yana qator tashkilotlarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini sanab oʻtdi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0