Dunyoda

KXSHT sammitida qirgʻiz-tojik chegarasidagi nizo muhokama qilindi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka oʻtishKirgizskiye soldatы na kirgizsko-tadjikskoy granitse
Kirgizskiye soldatы na kirgizsko-tadjikskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Peskov KXSHT davlatlari rahbarlari sammitida Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi ziddiy muhokama qilinganini aytdi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti davomida Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi mojaro muhokama qilindi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Unga (KXSHT sammitida Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi vaziyat – tahr.) toʻxtab oʻtildi. Ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi bu ziddiyatli vaziyatlardan qutulish uchun tashkilotda siyosiy iroda mavjud”, deydi Peskov jurnalistlar savollariga javob berib.
Uning qoʻshimcha qilishicha, prezidentlar nizoni bartaraf qilish zaruratini tushunadilar, biroq jarayonning borishi qiyin, shunga qaramay davom etadi.
Maʼlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi aniqlanmagan hududlar vaqti-vaqti bilan toʻqnashuv zonasiga aylanadi. Tojik-qirgʻiz chegarasida oxirgi marta vaziyat 14-16 sentyabr kunlari keskinlashgan edi.
25 sentyabr kuni Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari vaziyatni tartibga solish boʻyicha protokol imzoladi, unda ular chegaradagi mojarolarni tugatish, delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini tezlashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, hujjatga koʻra, tomonlar mojarolar tez-tez sodir boʻladigan joylarda toʻrtta chegara punktlarini oʻrnatishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0