Mirziyoyev kelgusi oyda Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Musa Jamanbayevning O‘zbekiston rahbariga ishonch yorlig‘ini topshirish chog‘ida ma’lum qilindi.
Qirg‘iziston elchisiga murojaat qilar ekan, Mirziyoyev o‘zbek va qardosh qirg‘iz xalqi tarixi va an’analari mushtarak bo‘lgan yaqin qo‘shnilar ekanini qayd etdi. Bugun davlatlar o‘rtasida ishon va o‘zaro hurmatga asoslangan konstruktiv muloqot qaror topgan. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning o‘tgan yili 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki davlat munosabatlari tarixida yangi sahifa ochgan.
"Barcha dolzarb masalalar o‘z vaqtida, har ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida hal etilmoqda. Ayniqsa, erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko‘rilmagan umumiy yutug‘imiz bo‘ldi", - dedi Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ta’lim va madaniy-gumanitar jabhalardagi aloqalar ham faollashib borayotir. Yil boshidan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 30 foizga oshib, 1 milliard dollarga yetgan.
Mintaqaviy infratuzilma loyihalari, jumladan, Qambar-ota gidroelektr stansiyasi hamda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi boshlangani ham do‘st xalqlarning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi.
"O‘zbekiston prezidentining kelgusi oyda Qirg‘izistonga bo‘lajak tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi", - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0