Rossiya

Rossiya Dumasi LGBT targʻibini taʼqiqlovchi qonun qabul qildi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka oʻtishZdaniye Gosudarstvennoy Dumы RF
Zdaniye Gosudarstvennoy Dumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada noananaviy jinsiy aloqalarni ommaviy maydonda targʻib qilishni cheklash maqsadida javobgarlik choralari belgilanmoqda.
TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi noanʼanaviy jinsiy aloqalarni targʻib qilishni taqiqlovchi qonunlar toʻplamini qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qonunda asosan quyidagi holatlar qayd etilgan:
noanʼanaviy jinsiy aloqalar va imtiyozlarni targʻib qiluvchi hamda jinsini oʻzgartirishni targʻib qiluvchi materiallar boʻlgan filmlarga prokat sertifikati berish taqiqlanadi;
noanʼanaviy jinsiy aloqalar va imtiyozlarni namoyish etish va targʻib qilish hamda jinsini oʻzgartirishga qaratilgan reklama va nashrlar taqiqlanadi - kitoblar, filmlar va audiovizual xizmatlar tarqibida ham LGBT targʻiboti taqiqlanadi;
noanʼanaviy jinsiy aloqalar va jinsini oʻzgartirish imtiyozlarini targʻib qiluvchi tovarlarni, shu jumladan xorijiy tovarlarni sotish taqiqlanadi;
Ushbu qonunni buzganlar uchun quyidagi javobgarlik choralari belgilangan
1.
Pedofiliya tashviqoti uchun - fuqarolarga 800 ming rublgacha jarima, tashkilotlar uchun 10 million rublgacha, chet elliklar esa qoʻshimcha ravishda deportatsiya qilinadi.
2.
Voyaga etmaganlar orasida noanʼanaviy jinsiy aloqalar tavsifi yoki tasvirini tarqatish uchun - fuqarolar uchun 200 ming rublgacha jarima, tashkilotlar uchun 4 milliongacha, chet elliklar uchun - jarimaga qoʻshimcha deportatsiya.
3.
Noanʼanaviy jinsiy aloqalarning har qanday targʻiboti uchun - fuqarolar 100 - 400 ming rublgacha, tashkilotlar 1 - 5 milliongacha jarimaga tortiladi.
Roskomnadzor LGBT va pedofiliya targʻibotini taqiqlash doirasida maqsadida internetni monitoring qilish tartibini tasdiqlash huquqiga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0