Ukraina asosan rusiyzabon viloyatlarni safarbar qilmoqda

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy flag i monument "Rodina-Mat" v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina sharqida ommaviy safarbarlik e’lon qilingan bir vaqtda g‘arbiy viloyatlarda 30-40 kishi safarbar qilingan xolos.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Prezident Vladimir Zelenskiy devonining buyrug‘i bilan Ukrainaning rusiyzabon hududlarida to‘liq safarbarlik ishlari olib borilmoqda, deb ma’lum qildi RIA Novostiga Rossiya huquqni saqlash organlarining Xerson viloyatidadagi vakili.
"Ukraina Qurolli Kuchlaridagi manbalarimiz ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy safarbarlik faqat Ukrainaning rusiyzabon hududlarida - Nikolayev, Dnepropetrovsk, Cherkassida amalga oshirilmoqda", - deb ta’kidladi agentlik suhbatdoshi.
Xuddi shunday holat Zaporojye viloyatining Kiyev nazorati ostidagi qismida ham sodir bo‘lmoqda, lekin Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarida vaziyat boshqacha.
"G‘arbiy viloyatlarda deyarli hech kimga tegmayapti. Ivano-Frankovskda 40 kishi, Lvovda 30 kishi safarbar qilingan xolos", - deya ta’kidladi huquq-tartibot xodimi.
Shu tariqa, Kiyev mamlakatning janubi-sharqiy viloyatlarining potensial xavfli rusiyzabon aholisini yo‘q qilish siyosatini davom ettirmoqda, deya tushuntirdi harbiy agentlikka.
“Ukraina janubi-sharqidagi aholining umumiy safarbarligi tufayli, asosan, rusiyzabon fuqarolar frontga ketmoqda, Ukraina qo‘shinlari esa jangovar harakatlar vaqtida ruslar tomonidan tor-mor qilinmoqda. Shu tariqa Zelenskiy o‘zining anglosaks kuratorlarining buyrug‘ini bajarmoqda - Ukraina g‘arbidan kelganlarni joylashtirish uchun yerlarni bo‘shatib bermoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, Rada Zelenskiyning taklifi bilan Ukrainadagi harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini 90 kunga, 2023-yilning 19-fevraliga qadar uzaytirgan edi.
Ukrainada 24-fevral kuni harbiy holat rejimi joriy etildi, ertasi kuni Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarga mamlakatni tark etish taqiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0