Dunyoda

"Ukrainani toʻliq yoʻq boʻlish kutmoqda" – Lukashenko Kiyevni mojaroga chek qoʻyishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Bobylev/Pool / Mediabankka oʻtishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Soveta glav stran-uchastnits SHOS v rasshirennom sostave v Samarkande, Uzbekistan
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Soveta glav stran-uchastnits SHOS v rasshirennom sostave v Samarkande, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Belarus yetakchisi Ukraina koʻplab odamlar qurbon boʻlishini istamasa, mojaroni toʻxtatishi kerakligini aytdi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kiyevni muzokaralarni boshlab, mojaroni tugatishga chaqirdi, aks holda Ukrainani “toʻliq yoʻq boʻlish” kutadi. Bu haqda u Yerevanda oʻtgan KXSHT sammiti doirasida jurnalistlar savollariga javob beriyotib maʼlum qildi, deb xabar berdi “Pul pervogo” Telegram kanali.
“Hammasi Ukrainaning qoʻlida. Men bu mavzuni Zelenskiy yoki Ukrainaga qaratmoqchi boʻlganim uchun emas. Darhaqiqat, hozir hamma narsa Ukrainaning qoʻlida”, - deydi Belarus yetakchisi Ukraina bilan tinchlik shartnomasi imzolash ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Lukashenkoning taʼkidlashicha, agar Ukraina “koʻplab odamlar halok boʻlishini istamasa, mojaro toʻxtatilishi kerak”.
“Bu ogʻir, qiyin, murakkab, lekin ular agar tiklanishni xohlasalar kerak. Biz toʻxtatishimiz kerak, bunga chek qoʻyish kerak. Chunki bundan keyin Ukraina butunlay vayron boʻladi”, - dedi Lukashenko.
Uning soʻzlariga koʻra, vaqt oʻtishi bilan xalqlar oʻrtasidagi munosabatlar tarixda bir necha bor sodir boʻlganidek, albatta tiklanadi.

“Biz fashistlar Germaniyasi bilan qanday kurashdik? 30 mln kishi qurbon boʻldi, bugun kim buni eslaydi? Belarus va Rossiyadan biroz, bori shumi? Yaʼni jarohatlar bitdi. Shunchaki gaplashishga emas, hamkorlikka, doʻstlashishga tayyorlar. Bu yerda ham xuddi shunday uddalaymiz, hammasini tuzatamiz. Biz, ehtimol, hozir ham bizning avlodga, Ukraina xalqiga, nima boʻlganini tushuntira olamiz”, - deydi Belarus yetakchisi.

Uning taʼkidlashicha, shuning uchun “qayerga qarasangiz, hamma joyda tinchlik muzokaralari. Prezidentning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Ukrainani muzokaralar jarayoniga undayotgan urushga qarshi kuchlar koʻpayib bormoqda.
Avvalroq Lukashenko Ukraina xalqining mavjud vaziyatga munosabati mamlakat rahbariyatini, jumladan, prezident Vladimir Zelenskiyni muzokaralar stoliga oʻtirishga majbur qilishini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0