Orolbo‘yi mintaqasidagi bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi

© Innovatsion rivojlanish vazirligi Orolbo‘yi mintaqasidagi bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi
Orolbo‘yi mintaqasidagi bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun mutlaqo yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Nukus shahrida joylashgan "Panaev Farms" fermer xo‘jaligi tomonidan yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur ishlar "Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida sut mahsulotlari ishlab chiqarish" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

“Ushbu loyiha o‘tgan yili Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Turkiya davlatidan jami 90 ming dollar qiymatidagi zamonaviy uskunalar olib kelindi va yiliga 60 tonna sut mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega”, deyiladi xabarda.

Loyihaning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi natijasida 8ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kelgusida mavjud talablardan kelib chiqib, olib kelingan uskunalarda yana 50 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0