Rossiyalik mutaxassislar “O‘zbekneftgaz”ning transformatsiya loyihalarida ishtirok etmoqda

© O‘zbekneftgazO‘zbekneftgaz
O‘zbekneftgaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekneftgaz xorijiy mutaxassislarni transformatsiya loyihalariga jalb qildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiyalikmutaxassislar “O‘zbekneftgaz”ning transformatsiya loyihalarida ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz”ning transformatsiya jarayoni doirasida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish va kompaniya biznes jarayonlarida ilg‘or tajribalarni qo‘llash maqsadida kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy yuqori malakali mutaxassislar doimiy ravishda jalb etilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekneftgaz tizimida Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya, Qatar, Pokiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida xorijiy tajribaga ega mutaxassislar ishlamoqda. Mutaxassislarning aksariyati nufuzli kompaniyalarda, shu jumladan “Big4” da tajribaga ega.
© O‘zbekneftgazO‘zbekneftgaz
O‘zbekneftgaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
O‘zbekneftgaz
Loyihada rossiyalik mutaxassis Kirill Aloshin uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida ishlab chiqarish jarayonlarining maqsadli modelini amalga oshirish bo‘yicha ishlamoqda.
© O‘zbekneftgazO‘zbekneftgaz
O‘zbekneftgaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
O‘zbekneftgaz
Pavel Gorachev esa xaridlar faoliyatini transformatsiyalash, o‘zaro ta’minot jarayonlarining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, yagona NSIni yaratish va amalga oshirish, shuningdek kompaniyaning ombor tarmog‘ini optimallashtirish jarayonlariga jalb etilgan.
Mutaxassislarning asosiy maqsad va vazifalari:
Ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish;
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotishlarni kamaytirish;
Xaridlarni rejalashtirish sifatini oshirish;
Ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtashiga sabab bo‘ladigan ta’mirlashni oldini olish;
Uskunalar ishonchliligi sohasida yangi yondashuvlarni joriy etish.
Hozirgi kunda mutaxassislar Sho‘rtan NGQChB va GQIZ, Muborak NGQChB va GQIZ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Gazli NGQChB, Usturt NGQChB va Uzbekistan GTLda tashabbuslarni faol amalga oshirishga kirishishdi.
Shu bilan birga, boshqa xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda boshqa sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda: geologiya-qidiruv va konlarni rivojlantirish, korporativ boshqaruv va biznes strategiyasi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va audit, ESG, IT va kiberxavfsizlik.
Kun tartibidagi asosiy va keng ko‘lamli tadbirlardan biri kompaniyaning aksiyalarini IPO orqali xalqaro fond birjalariga joylashtirish bo‘lib qolmoqda.
“Yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlar O‘zbekneftgaz AJning investitsion jozibadorligini oshirish imkonini beradi va xalqaro savdo va moliya bozorlariga muvaffaqiyatli chiqishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0