O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Zafar XalilovMID Uzbekistana
MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV so‘nggi yillarda Vladimir Makeyning ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shganini e’tirof etgan.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o‘z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi. Uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishi alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda u O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi”, - deyiladi xabarda.

TIV Vladimir Makeyning hamkasblari, yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan ham hamdardlik bildirgan edi.
26 noyabr Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 65 yoshida to‘satdan vafot etdi. Vafoti sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Vladimir Makey 1958-yil 5-avgustda Belarusning Grodno viloyatida tug‘ilgan. 2000-yildan 2008-yilgacha u Belarus prezidentining yordamchisi, 2008-2012 yillarda prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan. 2012-yilda u tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar bu lavozimda mehnat qilib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0