Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 29-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie MO RF vipolnyayut boyevie zadachi v Xarkovskoy oblasti
Voyennoslujashie MO RF vipolnyayut boyevie zadachi v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari soni keskin kamaydi. DXR hududida bir necha yo‘nalishda Rossiya Qurolli kuchlari oldinga siljib muhim pozitsiyalarni egallab olmoqda.
TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi oliborayotgan maxsus operatsiyaning o‘tgan sutkada sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida, Xarkov viloyatining Ivanovka qishlog‘i yaqinida Ukraina QK bitta rota-taktik guruhidan foydalanib Rossiya qo‘shinlariga hujum qilishga urinib ko‘rdi. Hujum qaytarildi, 30 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida LXRning Chervonopopovka aholi punkti yo‘nalishi bo‘yicha dushmanning hujumga o‘tishga urinishning oldini oldi. Hujumga tayyordanayotgan harbiy kuchlarga berilgan zarba natijasida 40 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita BMP va artilleriya quroli yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda. Bu yo‘nalishda bir sutkada 100 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, beshta zirhli jangovar texnika va beshta texnika yo‘q qilindi.
Aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriya yordamida Xarkov viloyatining Petropavlovka, Berestovoe, Dobrovole, Terniy, Torskoe, Verxnekamenskoe, Andreevka, Vodanoe, DXRning Novoselka aholi punktlari hududlarida dushmanning o‘nta nazorat-kuzatuv punktlari yo‘q qilindi Xerson viloyatining Nikolskoe aholi punktida 62-artilleriya bo‘linmasining 148 ta o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berildi.
LXRning Makeyevka aholi punkti yaqinida Ukrainaning Osa-AKM zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
DXRning Nikolayevka aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 batareyaga iarshi kurash radari yo‘q qilindi.
Dnepropetrovsk viloyati, Malomixaylovka aholi punkti hududida Ukrainaning "Pelikan" zenit-raketa tizimlarini nishonga oluvchi radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyati Belogore aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining raketa va artilleriya qurollari ombori vayron qilindi.
+avo mudofa kuchlari Chervonaya Dibrova, Krasnorechenskoe, Golikovo, Ploschanka, Jitlovka, DXRning Ribinsk va Maksimovka aholi punktlari hududlarida shtgan kun davomida 9ta uchuvchisiz apparatini urib tushirdi.
Xerson viloyati Novaya Kaxovka aholi punkti yaqinida "Uragan" ko‘p raketali tizimining ikkita raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlarining jami 333 ta samolyoti, 177 ta vertoloti, 2581 ta uchuvchisiz uchish apparati, 391 ta zenit-raketa kompleksi, 6876 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 904 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 3628 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7406 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0