Oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishi mumkin bo‘ladi

© CC0 / Unsplash / Tanaphong ToochindaDevochka v detskom sadu. Illyustrativnoe foto
Devochka v detskom sadu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan ellik nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Endilikda oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, deputatlar ko‘rib chiqayotgan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha loyihada Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan ellik nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
Hozircha oilaviy MTTda ko‘pi bilan yigirma besh nafargacha bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi davlat xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy bog‘chalarda bolalarni elektron tizim asosida kunlik nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgandi.
Yangiliklar lentasi
0