Ukraina MDHning pensiya kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuvidan chiqdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy flag Ukraini na zdanii Verxovnoy radi v Kiyeve
Gosudarstvenniy flag Ukraini na zdanii Verxovnoy radi v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat 30-yil oldin tuzilgan kelishuvdan chiqqanini e’lon qildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ukraina 1992-yilda tuzilgan MDH davlatlari fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi. Bu haqda Oliy Radadagi Vazirlar Mahkamasi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
U kecha, 29-noyabr kuni Ukraina hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlar ro‘yxatini e’lon qildi, ular orasida 30-yildan ko‘proq vaqt oldin tuzilgan bitimdan chiqish ham bor.
“Ukraina 1992-yil 13-martda Moskvada tuzilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar fuqarolarining pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlash to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi”, - deb yozadi Melnichuk Telegram kanalida.
Bundan tashqari, Ukraina hukumati vakili Kiyev Ukraina Vazirlar Mahkamasi va Belarus hukumati o‘rtasidagi 2009-yil 12-iyunda imzolangan fazoni tinch maqsadlarda tadqiq qilish va foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bekor qilganini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0