Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlari integratsiyasi o‘zaro ishonchga asoslanadi - Reshetnikov

© Portal pravitelstva RossiiMinistr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov
Ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlarining integratsiyasi o‘zaro ishonchga asoslanadi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

"O‘zbekiston Rossiyaning yaqin hamkori. Xalqlar, mamlakatlar rahbariyati va, albatta, biznes o‘rtasida ishonch munosabatlari saqlanib qolgan. Iqtisodiyotlarimiz chuqur integratsiyalashuvi hozirda ishonch asosida barpo etilmoqda", - deydi Maksim Reshetnikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zaro yordamni yo‘lga qo‘yish, biznes aloqalarini kengaytirish va tashqi chaqiriqlarga javob izlashga imkon beradi. Shuningdek, u Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo sherigi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Ma’lumki, tovar ayirboshlash har yili 20 foizga oshib, uning tarkibi sifati ham o‘zgarmoqda: tayyor mahsulotlar ketma-ket bir necha yil davomida xom ashyo o‘rnini bosmoqda.
Reshetnikov o‘z so‘zida so‘nggi olti yil ichida Rossiya mineral mahsulotlar eksportini 27 foizga qisqartirganini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish 8 foizga, to‘qimachilik va kiyim-kechak yetkazib berish 16 foizga oshgan.
O‘zbekiston 6,5 foizga ko‘proq oziq-ovqat mahsulotlarini import qila boshladi, mineral mahsulotlar yetkazib berish esa 2,5 foizga kamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qiladi.
Yangiliklar lentasi
0