Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi oshib borayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Uzbekistane
Povsednevnaya jizn v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaliklarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarga qiziqi 20 foizga ortgan.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiyaliklar MDH davlatlari orasidan eng ko‘p O‘zbekistonga borishni afzal ko‘rmoqda. Yil davomida bunday sayohatlar uchun talab 20 foizga o‘sdi, deydi Rossiya Turoperatorlari uyushmasi (ATOR) ijrochi direktori Mayya Lomidze RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada sayohat uchun MDHning ko‘plab davlatlariga qiziqish ortmoqda, ammo O‘zbekiston bu borada yetakchi.
“Agar 2021-yilni 2022-yil bilan qiyoslasak, bu kamida 20 foizga ortgan”, - deydi Lomidze Toshkentdagi xalqaro turizm yarmarkasida.
Rossiyaliklar O‘zbekistonda borishni istagan shaharlar qatorida an’anaviy tarzda Samarqand, Buxoro, Xiva yetakchilik qilmoqda.
“Odamlar mamnun bo‘lib qaytishadi, lekin men tushunishimcha, tarmoq vazirligi O‘zbekistonning Rossiya bozoridagi turistik taklifini diversifikatsiya qilish va yo‘nalishlarni ko‘paytirish qilish istagida”, - deydi Lomidze.
O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Rossiya Federatsiyasidan kelgan sayyohlar soni 2021-yil yakunlariga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 395,1 ming kishiga yetdi, bahordan boshlab rossiyalik mehmonlar oqimi barqaror o‘sib bormoqda.
Avvalroq O‘zbekiston shu yilning kuzida rossiyaliklar eng ko‘p chipta sotib olgan mashhur yo‘nalishlar uchligiga kirgani xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0