Shimoliy vokzal oldidagi tunelning bir tomoni vaqtincha yopildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRemont asfaltobetonnogo pokritiya
Remont asfaltobetonnogo pokritiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Tunelda 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent shahar Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunelining bir tomoni avtomobil harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqida shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunelining bir tomonida harakat cheklanadi.
U yerda 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Xabarda haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0