O‘zbekiston va Rossiya sport vazirliklari hamkorlik memorandumi imzolaydi

© ministerstvo razvitiya sportaSostoyalas vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i Rossii
Sostoyalas vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Memorandum sport sohasida kasbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikka mo‘ljallangan.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Rossiya Sport vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolanadi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va RF Hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov va Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sport vazirlari uchrashuvi davomida ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni kengaytirish, sportchi va murabbiylar o‘rtasida tajriba almashish tizimini takomillashtirish va yuqori darajadagi sport musobaqalarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tashkil etiladigan tadbirlar doirasida O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Rossiya sport vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.
Imzolanadigan hujjatning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbiy ta’lim bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish bo‘lib, hujjatda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan:
jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbiy ta’limini, jumladan: ilmiy, uslubiy va innovasion faoliyat orqali rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash;
ta’lim dasturlarini, davlat ta’lim standartlarini, shuningdek, ta’lim sifatini baholash tizimlarini takomillashtirish;
maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash.
Eslatib o‘tamiz, 1-2 dekabr kunlari Rossiya Hukumati rahbari Mixail Mishustin amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U yerda bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda 2018-yilning 1-2 dekabr kunlari hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, u Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes-forumining yalpi majlisida so‘zga chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0