Ko‘p hududlarda 5-dekabr kuni qor yog‘adi – O‘zgidromet

© Sputnik / Aleksey DanichevSnegovik, arxivnoe foto
Snegovik, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Harorat pasayishi va qor yog‘ishi kutilyapti.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zgidromet joriy yilning 5-8 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15-20°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 dekabrda 7-12°sovuq, 7-8 dekabrda 5-10°sovuq, kunduzi 2°sovuq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-dekabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-2°iliq, ba’zi joylarda 3°sovuqgacha, 6-dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2°iliq, 7-8 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, ba’zi joylarda 10°sovuqgacha, kunduzi 3°sovuq-2°iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5-dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-dekabrda 2-7°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq 6-8 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 5-6 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0