Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Zaporojye chegaralarini qo‘riqlab turibdi – Baliskiy

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.
Voyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2022
Obuna bo‘lish
Himoyachilarimiz mudofaani buzib o‘tishga bo‘lgan har qanday urinishlarni to‘xtatadi, deydi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiyalik harbiy xizmatchilar Zaporojye viloyatida chegarani qo‘riqlab, mudofaani buzib o‘tishga urinishlarning oldini olmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy ma’lum qildi.
Baliskiy bir kun avval Ukraina ommaviy axborot vositalarida Pologi shahrining qo‘lga olingani hamda Mixaylovka va Vasilyevka aholisi va ma’muriyatlarining evakuatsiya qilingani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Himoyachilarimiz chegarani qo‘riqlab turadi, mudofaani buzib o‘tishga bo‘lgan har qanday urinishlarni to‘xtatadi va bunday buyruq kelib tushgan zahoti istalgan vaqtda hujumga o‘tishga tayyor. Biz o‘z yerimizdamiz”, deb yozdi rasmiy o‘zining Telegram kanalida.
23-27 sentabr kunlari DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi.
30 sentabr kuni prezident Vladimir Putin ovoz berish yakunlari bo‘yicha Kremlda so‘zga chiqdi, shundan so‘ng u yangi subyektlar rahbarlari bilan Rossiya tarkibiga hududlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0