Eronda axloq-odob politsiyasi tugatildi

© AFP 2023 / Atta KenareIranskaya jenshina proxodit mimo freski s izobrajeniyem natsionalnogo flaga Irana v Tegerane
Iranskaya jenshina proxodit mimo freski s izobrajeniyem natsionalnogo flaga Irana v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeri vakolatli organlar tomonidan axloq-odob politsiyasi tugatilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Eron hukumati hijobni noto‘g‘ri kiygani uchun hibsga olingan va ko‘p o‘tmay vafot etgan eronlik yosh ayolning o‘limi ortidan mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli norozilik namoyishlari fonida axloq-odob politsiyasini bekor qildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuroriga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

“Eron bosh prokurori Muhammad Ja’far Muntaziriy vakolatli organlar tomonidan axloq-odob politsiyasi tugatilganini ma’lum qildi”, - deyilgan xabarda.

Muntaziriyning ta’kidlashicha, axloq-odob politsiyasining “sud tizimiga hech qanday aloqasi yo‘q”.
O‘z navbatida, Eron hukumati ayollarning hijob o‘rash majburiyati to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda.

“Parlament ham, sud tizimi ham qonunga o‘zgartirish kiritish kerak yoki yo‘qligi masalasi ustida ishlamoqda”, - dedi Muntaziriy.

Erondagi norozilik namoyishlari butun mamlakat bo‘ylab sentabr oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Mahsa Aminiy vafotidan keyin eronliklar davlatning fuqarolar hayotiga aralashuviga qarshi norozilik bildira boshlagan va hukumat iste’fosini talab qilgan.
Yangiliklar lentasi
0