Koronavirusning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2022
Obuna bo‘lish
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari yangi mutatsiya bolalar va homilador ayollarda qanday belgilar bilan namoyon bo‘layotgani haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston hududida yoz oylarida omikron shtammining VA.2 versiyasi avj olgandi. Hozir esa bemorlarning qariyb barchasida VA.5 subvarianti aniqlanmoqda. Ushbu yangi mutatsiya bolalar va homilador ayollarda qanday klinik belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda?
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami hamda homilador ayollarning immun tizimi nisbatan sust bo‘ladi. Shu bois ularning yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori,
Mutaxassis VA.5 subvarianti alomatlari avvalgi VA.2 versiyasi simptomlari bilan deyarli bir xil kechayotganini ma’lum qildi.
Jumladan, bolalar va homilador ayollarda tumov, tomoqda og‘riq va qizarish, O‘RVI, qolaversa, 3-5 foiz holatlarda allergiyaga moyilligi bor bemorlarda diareya hamda obstruksiya (bo‘g‘ilish xuruji) belgilari kuzatilyapti.
Shuningdek, muddatiga yetgan, uchinchi 3 oylikdan yuqori muddatdagi homiladorlarda (30 haftadan yuqori muddat) xastalik chog‘ida homila suvining sezilarli miqdorda kamayishi va loyqalanishi yuzaga keladi. Bu esa homilaning dimiqishiga olib kelmoqda.
Bunday ayollarda koronavirus yuqori harorat, bosh va mushaklarda og‘riq, holsizlik, uyquchanlik, rinit va tonzillit belgilari bilan namoyon bo‘lmoqda. Qolaversa, ba’zi bemorlarni kuchli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilyapti.
Ta’kidlanishicha, kasalliklari bor bemorlar, masalan, tutqanoq xastaligi mavjud bolalar, kardiologik muammolardan aziyat chekayotgan ayollar va o‘g‘il-qizlarda koronavirus nisbatan og‘irroq kechmoqda.
“Quvonarli jihati, ushbu muddatdagi homiladorlarda kasallik yengil kechib, o‘pka to‘qimasining zararlanishi deyarli kuzatilayotgani yo‘q. Shunga qaramay, homilasi 30 haftalikdan oshgan opa-singillarimizga statsionar sharoitda davolanishni tavsiya etamiz”, - deydi Alimova.
Shifokor Hhomiladorlikning birinchi va ikkinchi 3 oyligidagi bemorlar esa qat’iy ravishda hududiy oilaviy poliklinikalar nazoratida bo‘lib, tegishli muolajalarni olishlari shartligini eslatib o‘tdi.
Graficheskoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Turli xavfli viruslar bilan kasallanish avj olayotganda nimalarga e’tibor qaratish kerak
Yangiliklar lentasi
0