Suyultirilgan gaz rejadan ortig‘i bilan yetkazib berildi - "O‘zbekneftgaz"

© O‘zbekneftgaz AJO‘zbekneftgaz
O‘zbekneftgaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekneftgaz tomonidan “Hududgazta’minot” AJga suyultirilgan gaz rejaga nisbatan 104,8 % ortig‘i bilan yetkazib berildi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan joriy yilning 11 oyida “Hududgazta’minot”ga suyultirilgan gaz rejaga nisbatan ortig‘i bilan yetkazib berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda 662,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yanvar-noyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalari tomonidan 603,6 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 632,8 ming tonna ishlab chiqarildi.
Natijada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejaga nisbatan 104,8 foizga (o‘sish sur’ati 108,6%) teng bo‘ldi.
Bundan tashqari respublika iste’molchilariga 595,3 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 609,8 ming tonna, rejaga nisbatan 102,4% (o‘sish sur’ati 105,6%) tashkil etdi.
“Aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 558,6 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 559,2 ming tonna rejaga nisbatan 100,2% (o‘sish surati 104,7%) yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.
© O‘zbekneftgaz AJO‘zbekneftgaz
O‘zbekneftgaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
O‘zbekneftgaz
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani ma’lum qilingandi. Jamiyatga qarashli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib chiqayotganligidir.
Hududgazta’minot tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi natijasida tabiiy gaz iste’moli sezilarli darajada oshdi. 4-dekabr 3,9 milliondan ortiq iste’molchiga 68 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Biroq,516 ta mahalla yoki 79 ming iste’molchi xonadonida gaz bosimi pasaygan, 14 mingtasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Yangiliklar lentasi
0