https://oz.sputniknews.uz/20221207/orban-evropani-kievni-oylamasdan-qollab-quvvatlash-oqibatlaridan-ogohlantirdi-30548698.html
Orban Yevropani Kiyevni o‘ylamasdan qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirdi
Orban Yevropani Kiyevni o‘ylamasdan qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Viktor Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqining kelajagi Ukraina tufayli katta qarzlar ustiga qurilmasligi kerak 07.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-07T13:54+0500
2022-12-07T13:54+0500
2022-12-07T13:54+0500
dunyoda
viktor orban
vengriya
ukraina
yordam
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28557566_0:0:2780:1565_1920x0_80_0_0_285fe08dd413775c61b3b7c64240c7f3.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Ukrainani beparvolik bilan qo‘llab-quvvatlasa, qarzga botib qolishi mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Twitter’da yozib qoldirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.Shu bilan birga, u Budapesht Kiyevga 18 milliard yevro miqdoridagi transhga veto qo‘ygani haqidagi ma’lumotni rad etdi.Bosh vazir bu muammoni qarzni oshirish orqali hal qilish g‘oyasini ham tanqid qildi.Siyosatchining fikricha, Yevropa uchun kuchli kelajak “katta qarzlar to‘plami”da emas, balki kuchli a’zo davlatlarda qurilishi kerak.Avvalroq Ukrainaga yordam berish uchun umumiy qarz g‘oyasi Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto tomonidan ham tanqid qilingan edi. U, shuningdek, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga veto qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi va Budapesht ikki tomonlama asosda mablag‘ ajratganini ta’kidladi.Yevropa Komissiyasi 9-noyabr kuni Ukrainaga kelgusi yil uchun 18 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdorda makromoliyaviy kreditning yangi paketini taklif qildi. Keyin YeK birinchi mablag‘larni yanvar oyidayoq o‘tkazishni reja qilganini ta’kidladi. Biroq, ushbu makromoliyaviy yordamdan pul ajratish uning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullanishini talab qildi.
vengriya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1a/28557566_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_9f9cf90b9f70c73c281e6289630c9cb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, viktor orban, vengriya, ukraina, yordam, yevropa ittifoqi
dunyoda, viktor orban, vengriya, ukraina, yordam, yevropa ittifoqi
Orban Yevropani Kiyevni o‘ylamasdan qo‘llab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirdi
Viktor Orbanning aytishicha, Yevropa Ittifoqining kelajagi Ukraina tufayli katta qarzlar ustiga qurilmasligi kerak
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Ukrainani beparvolik bilan qo‘llab-quvvatlasa, qarzga botib qolishi mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Twitter’da yozib qoldirdi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
Shu bilan birga, u Budapesht Kiyevga 18 milliard yevro miqdoridagi transhga veto qo‘ygani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Vengriya ikki tomonlama asosda Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor. Hech qanday veto, shantaj yo‘q”, - degan Orban.
Bosh vazir bu muammoni qarzni oshirish orqali hal qilish g‘oyasini ham tanqid qildi.
“Agar biz qarz jamiyati yo‘lida davom etsak, ortga qayta olmay qolamiz”, - deya ogohlantirgan u Yevropa yetakchilarini.
Siyosatchining fikricha, Yevropa uchun kuchli kelajak “katta qarzlar to‘plami”da emas, balki kuchli a’zo davlatlarda qurilishi kerak.
Avvalroq Ukrainaga yordam berish uchun umumiy qarz g‘oyasi Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto tomonidan ham tanqid qilingan edi. U, shuningdek, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga veto qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi va Budapesht ikki tomonlama asosda mablag‘ ajratganini ta’kidladi.
Yevropa Komissiyasi 9-noyabr kuni Ukrainaga kelgusi yil uchun 18 milliard yevrogacha bo‘lgan miqdorda makromoliyaviy kreditning yangi paketini taklif qildi. Keyin YeK birinchi mablag‘larni yanvar oyidayoq o‘tkazishni reja qilganini ta’kidladi. Biroq, ushbu makromoliyaviy yordamdan pul ajratish uning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullanishini talab qildi.