Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Innovatsion rivojlanish vazirligi Abdumavlon Abdullayev
Abdumavlon Abdullayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Narbayeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov va Behzod Yuldashev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekistonda genetika sohasining yetakchi namoyandasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdullayev Abdumavlon Abdullayevich 8-dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi.
“Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Abdumavlon Abdullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.
Abdullayev 600 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. Ilmiy maqolalarining 300 dan ortig‘i xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan.
Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan zahmatkash olimning bevosita rahbarligida 20 dan ortiq fan doktori va 40 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.
Akademik A.Abdullayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (1980), “Mehnat shuhrati” ordeni (2003) “O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti” (2011) bilan mukofotlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0