FVV Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgani yuzasidan ma’lumot berdi

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona shahridagi 41-maktab va 63-bog‘chaning umumiy isitish qozonxonasida yorilish sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Farg‘onadagi maktab va bog‘chaning umumiy isitish qozonxonasida yorilish sodir bo‘ldi. Qozonxona shikastlangan, lekin yong‘in chiqmagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 6-dekabr kuni soat 11:30 da Farg‘ona shahridagi 41-maktab va 63-bog‘chaning umumiy isitish qozonxonasida yorilish sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra voqea joyiga Farg‘ona shahar FV bo‘limi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti, "Hududiy elektr tarmoqlari" hamda sohaviy xizmatlar xodimlari chiqib, vaziyat o‘rganishgan.

“Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, isitish qozonxonasida texnologiya jarayonining buzilishi oqibatida qozonda ichki bosim ortib ketgan va yorilish sodir bo‘lgan. Oqibatda qozonxona binosi yengil shikastlangan, lekin voqea natijasida yong‘in qayd etilmagan. Tan jarohati olganlar yoki vafot etganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Hozir hodisa tafsilotlari va zarar miqdori o‘rganilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0