Koronavirus bilan kunlik kasallanish biroz pasaydi - SSV

© Sputnik / Aleksandr KrajevTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Yangi kasallanish holatlari Sirdaryo va Andijon viloyatlaridan tashqari, qolgan barcha hududlarda kuzatildi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanish biroz pasaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonda 10-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 120 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari Sirdaryo va Andijon viloyatlaridan tashqari, qolgan barcha hududlarda kuzatildi.
Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar;
Buxoro viloyatida 7 nafar;
Jizzax viloyatida 5 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 4 nafar;
Navoiy viloyatida 1 nafar;
Samarqand viloyatida 4 nafar;
Surxondaryo viloyatida 1 nafar;
Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
Xorazm viloyatida 1 nafar;
Toshkent viloyatida 17 nafar.
Shuningdek, 70 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130 nafarni tashkil etgandi. Toshkent shahrining o‘zida koronavirus bilan kasallanganlar yana 100 dan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0