Angren neft bazasida 11,5 ming litr benzin oqib ketdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNeftepererabativayushee predpriyatie
Neftepererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Yonilg‘i lotok orqali zavod hududidan tashqariga oqib chiqqan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Uning ortidan odamlar sizib chiqayotgan neftni idishlarga quyib olayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.
Korxona boshlig‘i D.Azimov bu xabarga munosabat bildirdi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angren neft bazasi hududida 5000 m (kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilgan.
Oqibatda sig‘imda bo‘lgan 11 500 litr Ai-80 benzin yonilg‘i mahsuloti to‘kilgan. Sodir bo‘lgan avariya holatini zavod xodimlari shu kunning o‘zida soat 20:45 da bartaraf etishgan. Hech kimga jiddiy zarar yetmagan.
Yonilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida soat 14:00 da yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan tashqariga sizib chiqqan.
Yangiliklar lentasi
0