Bahodir Jalolov Bahrayn vakilini mag‘lubiyatga uchratdi – video

© NOK UzbekistanaBaxodir Jalolov
Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Abu-Dabidagi boks bo‘yicha IBA Champions Night musobaqasi doirasida Jalolov Danis Latipovga qarshi jang qildi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 11-dekabr kuni boks bo‘yicha IBA Champions Night musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bu oqshom doirasida Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov kelib chiqishi Rossiyadan bo‘lgan Bahrayn vakili Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang to‘liq besh raund davom etdi va ularning barchasida o‘zbekistonlik bokschi katta ustunlik qayd etdi.
Yakunda hakamlar bir ovozdan Bahodirning g‘alabasini qayd etdi. Jalolov ushbu g‘alaba orqali IBA chempionlik kamariga ega chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0