Toshkentda MDH Ijodkor va ilmiy ziyolilarining forumi boshlanmoqda

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v Astane
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Forumda rezolyutsiya abul qilinadi. Unda tadbir ishtirokchilari hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalarini sarhisob qiladilar va yaqin kelajakdagi vazifalarni belgilaydilar.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijodkor va ilmiy ziyolilarining XV forumi boshlanmoqda. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unda ishtirok etish uchun barcha Hamdo‘stlik davlatlaridan 200 ga yaqin delegatlar O‘zbekiston poytaxtiga taklif etilgan.
Bu galgi forumning mavzusi – “Gumanitar hamkorlik – o‘ttiz yillik tajriba va rivojlanish istiqbollari”.Tadbir doirasida “Hamdo‘stlik yulduzlari”, “Hamdo‘stlik debutlari” mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, madaniy dastur doirasida MDH davlatlarining Yoshlar simfonik orkestrichiqishlari bo‘lib o‘tadi.
MDH Ijodkor va ilmiy ziyolilarining forumlari 2006-yildan boshlab turli mamlakatlarda navbatma-navbat o‘tkazib kelinmoqda. U har yili o‘tkaziladigan eng yirik gumanitar tadbir. Unda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinadi, qo‘shma harakatlar rejalari muhokama qilinadi, fan, ta’lim, madaniyat, axborot, turizm, sport, yoshlar bilan ishlash sohalarida hamkorlikning eng dolzarb masalalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0