Avtobus-bog‘chalar, onlayn akademiya: MTV innovatsiyalar haqida ma’lumot berdi

© SputnikDoshkolnie uchrejdeniya Samarkanda
Doshkolnie uchrejdeniya Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Maktabgacha ta’lim vazirligida 2022-yilda bajarilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© SputnikMinisterstvo doshkolnogo obrazovaniya provelo otkritiy dialog o prodelannoy v 2022 godu rabote.
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya provelo otkritiy dialog o prodelannoy v 2022 godu rabote. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya provelo otkritiy dialog o prodelannoy v 2022 godu rabote.
"Biz joriy yilda maktabgacha ta’lim tizimida ko‘plab yangi loyihalarni amalga oshirdik. “Aqlvoy”, “S-board”, “Imkon”, Face ID kabi kreativ va innovatsion loyihalar ancha samarali kechdi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirdik va mamlakatda 2000 dan ortiq imkoniyati cheklangan bolalarni qamrab oldik”, - dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin.
Tizimda iklyuziv ta’limni rivojlantirishda oilaviy bog‘chalar ishga tushirilgan, ular xususiy sherikchilik va tadbirkorlik asosida faoliyat yuritadi.
Hozirda xususiy sektorda 140 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 1700 ta oilaviy bog‘chalar faoliyat olib bormoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi qator davlatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Belarus davlatlari hamda UNICEF, UNESCO va “Rossotrudnichestvo” kabi xalqaro institut va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Respublikada joriy yilda qator yirik innovatsion loyihalar amalga oshirilgan. Xususan, "Bolalik академияси"(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yaratilgan.
Raqamli platforma uzluksiz ta’limni qo‘llab-quvvatlash, an’anaviy ta’lim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda.

Bog‘chalarda aqlli robotlar bor

Albert va Genibot robotlari 6 yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida o‘yinchoqni harakatlanishga, ko‘zini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi.
© SputnikUmnie roboti bili predstavleni detskim sadam.
Umnie roboti bili predstavleni detskim sadam. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Umnie roboti bili predstavleni detskim sadam.
Shu tarzda u kod bloklarining qanday ishlashini tushunib oladi. Yoshi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, o‘z buyruqlari va algoritmlarini yaratishlari mumkin.
© SputnikUmnie roboti bili predstavleni detskim sadam.
Umnie roboti bili predstavleni detskim sadam. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Umnie roboti bili predstavleni detskim sadam.
O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga janubiy koreyalik hamkorlar 275 ta Albert va Genibot aqlli robotlari, shu jumladan bolalarga robototexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan 350 ta o‘quv qo‘llanma taqdim etishgan.

“Aqlvoy” avtobuslari

"Aqlvoy" mobil bog‘chalari maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lmagan chekka hududlardagi bolalarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
© SputnikDoshkolnie uchrejdeniya Samarkanda
Doshkolnie uchrejdeniya Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Doshkolnie uchrejdeniya Samarkanda
Ular uzoq, borish qiyin bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
"Aqlvoy" avtobuslari quyosh batareyasi, konditsioner, hojatxona, issiq-sovuq suv, tamaddilarni isitish uchun joy kabi qulayliklarga ega.
© SputnikDoshkolnie uchrejdeniya Samarkanda
Doshkolnie uchrejdeniya Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Doshkolnie uchrejdeniya Samarkanda
Mobil bog‘chalarda hamshira yo‘qligi bois tarbiyachilar zaruriy tibbiy bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0