Toshkent yerusti metrosi ishlash vaqti bir soatga qisqardi

© Metropoliten Do‘stlik- 2 bekati
Do‘stlik- 2 bekati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Metro temir yo‘llarida texnik ishlar hamda o‘rnatilgan qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. “Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida 16-dekabrdan poyezdlar tungi soat 23:00ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Metropoliten xabar berdi.
Qayd etilishicha, metro temir yo‘llarida bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlar hamda o‘rnatilgan qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida ushbu o‘zgarish amalga oshirilmoqda.
“Texnik ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali beriladi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent metrosi tongi soat 05:00 dan tungi soat 00:00 ga qadar ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kunlar sovishi munosabati bilan metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni keskin oshdi. 5-dekabr kuni metrodagi yo‘lovchilar soni 620 ming kishini tashkil qilgandi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan haftaning bir kuniga nisbatan 105 ming (21%) yo‘lovchiga ko‘paydi.
Yangiliklar lentasi
0