Axborotni uzatish va tarqatish tartibini o‘z ichiga olgan kodeks ishlab chiqildi - tafsilotlar

© Fotolia / Mihajlo MaricicIntervyu
Intervyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Ommaviy axborot vositalarida pornografiya, bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib etish taqiqlanadi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda axborot sohasidagi 8 ta qonun bitta normativ-huquqiy hujjat shakliga keltirilib, Axborot kodeksi ishlab chiqildi.
Kodeksni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishlab chiqqan. Kodeks loyihasi 50 ta manfaatdor vazirlik va idoradan kelishuvdan o‘tkazilgan.
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish, axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligi, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash tirtibi aks ettirilgan.
Kodeks 131 moddadan iborat bo‘lib, qator yangi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, 54-moddada ommaviy axborot vositalari erkinligini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab berilgan.

Hujjatda keltirilishicha, ommaviy axborot vositalarida pornografiya, bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish ham man etiladi.
OAV orqali quyidagilardan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek yolg‘on axborot tarqatish;
agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
qonunga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilish.
Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, ularni haqoratlash, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan faoliyatiga, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
Kodeskning to‘liq matni bilan quyida tanishish va muhokamalarda 29-dekabrga qadar ishtirok etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0