Internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi - Sherzod Shermatov

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTelefon v ruke
Telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon internet foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshdi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 31 milliondan ortdi. Ularning 29 milliondan ziyodi mobil qurilmalar orqali internetga ulangan. Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Sherzod Shermatovning qayd etishicha, respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga, keng polosali mobil internet qamrovi 98 foizga yetkazildi.
Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga teng bo‘ldi. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ni tashkil etmoqda.
“Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning o‘tgan yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishildi. Shuningdek, 2021-2022 yillarda qo‘shimcha 102 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali ularning umumiy uzunligi 170 ming km.ga yetkazildi”, deydi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda qo‘shimcha 1,7 mln keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida jami 4,4 mln.ta uy xo‘jaligi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 22 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54,0 mingtaga yetkazildi.
Ma’lumot uchun, yanvar oyida O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan edi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0